Kiyimga najosat tekkanida

Assalomu alaykum! Kichik hojatdan so‘ng ich kiyimga azgina miqdorda bir tomchi najas oqadi. O‘sha oqqan najas pok shiimga ham o‘tgan bo‘ladimi. Men o‘sha ich kiyim bilan ko‘plab shimlarni kiyganmam va ular bilan namoz, o‘qiganman lekin piyolaning orqasining kattaligiday emas. Baribir ham o‘sha azgina najas himga ham o‘tgan bo‘ladimi? Endi ularni hammasi nopokmi yoki pokmi juda ham qiynaldim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha payt tekshirib ko‘rib aniqlaysiz. Agar buning iloji bo‘lmasa o‘sha ich kiyimning qalin-yupqaligiga qarang. Agar bir tomchi bavlni o‘tkazadigan darajada yupqa bo‘lsa o‘tgan bo‘lishi mumkin. O‘zingiz aytgandek birham miqdoridan oz bo‘lsa, namozingiz durust. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar