Referal orqali ishlagan pullar halolmi?
Assalomu alaykum! 1-2 oy oldin bitta dasturni yuklagandim. U dasturdan ro‘yhatdan o‘tganingiz uchun 5$(34lgx) berayotgan ekan va har bitta referalga ham 5$. Men referal ssilkam orqali odam chaqirib 189$ ishladim. Pullarni esa 20% 7-aprelda qolganini esa bir yilda bo‘lib bo‘lib berar ekan. Referal haqida saytdagi boshqa savollarni o‘qidim Savolim shuki o‘sha pullar halolmi eslatib o‘taman pullar LGX kriptovalyutasida. 1LGX = 0.15$.Men 1261 LGX(189$) to‘plagandim. Agar harom bo‘lsa nima uchun harom?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U qanday dastur ekanligi, unda qanday amaliyotlar bo‘lishi haqida yozmabsiz. Unga odam qo‘shganingiz evaziga oladigan ish haqingizning hukmi shunga bog‘liq. Bu sizga haqiqiy pul to‘laydigan bo‘lsalar shunday. Agar kriptovalyutaga aloqador bo‘lib, u orqali pul to‘lash bo‘lsa, uning hukmini oldingi javoblarni ko‘p marotaba aytganmiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 180 | Halol va harom