Osiy musulmon
Shayx hazratlari, savolim quyidagicha osiy musulmon do‘zag‘ga tushadimi? Tushsa jazosini olib qaytib janatga kiritiladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatidan bo‘lgan gunohi kabira qilgan odam tavhidga e’tiqod qilgan holida o‘lsa, do‘zaxda bardavom qolmas. Ya’ni, do‘zaxda abadiy azoblanmas. Garchi o‘limidan oldin qilgan gunohi kabirasiga tavba qilmagan bo‘lsa ham. Ammo, Robbisiga ro‘baro‘ bo‘lganda iymonli bo‘lgan odamlar, Alloh taoloning xohishi va hukmi ostidadirlar. Agar U zot xohlasa ularni mag‘firat qilib, O‘z fazli ila afv etadi. Agar xohlasa ularni do‘zaxda azoblaydi. Bu esa, Uning adlidandir. So‘ngra ularni o‘z rahmati ila shafoatsiz yoki ahli toatining shafoatlari ila do‘zaxdan chiqardi. Gunohkorlar birovni shafoat qila olmaydilar. Mag‘firat va shafoatdan keyin esa, ularni jannatga yuboradi. Buning sababi Alloh taolo iymon ahlini yaxshi ko‘rganidandir. Ularni ikki dunyoda kofirlarga o‘xshatmaganidandir. Chunki, kofirlar Allohning hidoyatidan noumid bo‘lgan. U zotning muhabbatiga sazovor bo‘lmaganlardir.
4 May 2022, 08:05 | Savol-javoblar | 142 | Islam