Qalbni poklash

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, sizlarning etiboringiz tufayli ancha ilmimiz ortmoqda, katta rahmat. Savolim uzaygani uchun ming bor uzur lekin maslaxatingizga judaxam muxtojman iltimos yordam bering. Savolim qalbni poklash xaqida. Bilamizki xech bir oilada kelin va oilaning boshqa a’zolari orasida kelishmovchiliklar bo‘ladi, bunday xollarda kelinlarning sabr qilishi eng to‘g‘ri yo‘l diyiladi. Bizning oilada xam bunday xollar ko‘p bo‘ladi, uydagilar noxaq bo‘lsada tilimni tiyishga urinaman, ammo qaynona qaynota, opa-singil, aka-ukalarini gaplaridan yoki qovoq osishganidan keyin ichimda gapirishni boshlayman. Ular "shirin" gaplarini gapirib ketaveradi men ich etimni eb qo‘yyapman, tilimda tinmay istig‘rof aytaman, ichimda miyamda ularning gaplari, misol uchun yaqindagina qaynonam "ortingdan xech narsa qilishmadi" dedi, o‘ziga indamadim ichimda "nimaga qilmaydi mexmonxonani to‘ldirishganichi parda, gilamlarni eng qimmatlarini qilishganichi, o‘zilar bitta xona bergansilaru yana nima sig‘ardi u erga uni ustiga qaynotam xojiga borgani uchun men uyalaman xech narsa kerakmas deganku, usiz ham kasal bo‘lsam dorigacha otam qiladiku.............." xullas shunday ichimdagi gaplar meni o‘zimni yomon xis qildiryapti. Kechgacha shunaqa gaplar miyamni eb tashlaydi istig‘rof aytayotsam xam Allohni zikr qilsam xam shunaqa gap so‘zlar. Iltimos menga yo‘l ko‘rsatinglar, yordam beringlar, nima qilay qalbim qorayib ketayotgandek go‘yo? O‘zimni eb bitiryapman, o‘ylamay turolmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri yo‘li ham shu, istig‘for. Bekorga oilani buzib olmang. Har bir sabr uchun albatta Alloh ajr berishini miyangizga joylab oling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:47 | Savol-javoblar | 200 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar