Burundan qon chiqib taxorat sinishi

Assalomu alaykum! Hozirda burnimdan ko‘p qon oqishi kuzatilmoqda. Bu xol taxoratda burnimni chayganimda bo‘layapti boshimni tepaga ko‘tarib burnimga paxta tiqib olaman va taxoratni davom ettiraman. Qon to‘xtagandan so‘ng paxtani olganimda paxtada qon bo‘ladi. Shu paxtaning qon bilan chiqishi taxoratni sindiradimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz burunni chaymang. Kaftingizga suv olib, burningizga tekazing bo‘ldi. Ya’ni burunning tashqi tarafi xo‘l bo‘lsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:34 | Savol-javoblar | 146 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar