Musibat
Assalomu alaykum varohmatullohi va barokatuh. Hurmatli shayx hazratlari, Alloh taolodan nusrat so‘ragan holda sizdan bir yordam so‘ramoqchiman. Sizdan iltimos, bizlarga har qanday musibatdan osonlik bilan chiqish yullarini o‘rgatsangiz. Bunday musibatlar har qanday inson boshiga tushib qolish ehtimolidan yiroq emas. Bir go‘zal islomiy oilani Alloh taolo musibat bilan imtihon qilmoqda. Bu holat bir necha oylardan buyon davom etmoqda. Ular juda ham og‘ir ahvolda qolganlar. Ulardek dinga haris insonlarni juda kam ko‘rganman. Bunday holatda haqiqiy bandalar qanday yo‘l tutsalar to‘g‘ri bo‘ladi? Yana bir iltimos, o‘zingiz ham Alloh taologa musibatlarni aritishini, g‘m chekayotganlarga sabr so‘rab duo qiling. Butun olamlarning Robbiga o‘zi istagancha maqtovlar bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh hammamizga sabr bersin. Mushkuli borlarning mushkulini oson qilsin. Musiybati borlarning musiybatini ko‘tarsin! Hojati borlarning hojatini ravo qilsin.
4 May 2022, 09:20 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar