Muddatli savdoda shartning o‘zgarishi

Assalomu alaykum! Ishlab chiqarish sohasida biror tovar uchun etkazib beruvchi bilan shartlar kelishildi (o‘lchamlar, shakl, dizayn, rang, muddat, to‘lov shartlari). Kelishilingan narxning bir qismi Buyurtmachi tomonidan avans qilib to‘lab berildi. Etkazib berish uchun kelishilingan muddat tugamasdan Buyurtmachi kelishilgan tovarning ayrim parametrlarini (masalan, shakli, o‘lchami va h.k.) o‘zgartirishni talab qildi. Bu o‘zgarishlar qo‘shimcha harajatlar talab qilsada, Etkazib beruvchi klient yo‘qotmaslik uchun o‘zgarishga rozi bo‘ldi. Buyurtmachi uchun mana shunday bir tomonlama shartlarning o‘zgartirilishi yoki qo‘shimcha shartlarning kiritilishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kiritilishi joiz, ammo ish bajaruvchini qilgan ortiqcha xizmati yoki xarajatini berishi va rozi qilishi shart. عن عمرو بن يثربي  رضي الله عنه  قال: قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لا يحل مال امرئ مسلم إلا بطيب نفس منه  Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarib bermagan moli halol bo‘lmaydi” deganlar.
Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar