Islom asosiy din bo‘lmagan yurtda tirikchilik

Assalomu Alaykum Shayh hazratlari.Sizni islom ahliga qilayotgan hizmatingizdan Alloh rozi bo‘lsin.Men bir savol bilan murojat qilmoqchiman.Hozir ko‘pchilik insonlar har-hil yumushlar bilan horijiy yurtlarda turmush kechirmoqdalar. Hususan men o‘zim AQSH daman. Shu erdagi bazi tanishlar pul topish uchun shu davlatni g‘aznasidan har-hil yo‘llar bilan pul olishga fatvo bor deb aytishdi. Chunki bu islom davlati emas degan narsani ro‘kach qilib Imomi A‘zam RA dan kelgan fatvoga ko‘rsatma bermoqdalar. Har-hil yo‘l deganimni biroz izohlamoqchiman:Masalan kelishgan holda biror bir tanishini nomiga bank orqali ma‘lum bir yilga uzish sharti bilan uy olishadi. Shunda o‘rtada vositachilik qilgan odamga bank ma‘lum miqdorda mukofot puli to‘laydi. Uyni nomiga olgan shahs davlatdan chiqib ketadi (odatda bunday ish davlatdan chiqib ketish oldidan qilinadi) va o‘rtada turgan odam unga mukofot pulidan bir qism beradi. Bu holatda yutqazgan taraf bankdir. Lekin bank bu pulni davlatdan undirishi ham mumkin.Yoki avtomashina sotib olayotganda uni narhini yashirib soliq to‘lashdan qochishadi. Shuningdek ishlayotgan bo‘lsalarda ishsizman deb davlatdan ishsizlik nafaqasini olishadi. va hokazo.Iltimos shunga izoh bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
‎- Imom A’zamning fatvolari musulmonlarga qarshi ‎urush qilib turgan g‘ayridinlarga xosligi aytib o‘tildi. ‎Yana nimani istaysiz?‎

27 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar