Bozordagi qo‘l haqi

Assalomu alaykum! Men bozorda ishlayman. Savdo vaqtida qo‘shni do‘kondagilar bizning do‘konga xaridorlar kirg‘izib yuborishadi. Agar biz savdoni pishitsak qilingan foydamizdan qo‘l uchi chiqaramiz. Shu ishimiz biz uchunam qo‘shnilarimiz uchun xam halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo oralaringizda vakillik shartnomasi va tayin qilingan ish haqi bo‘lishi kerak. Ya’ni o‘sha odam siz bilan mijoz jo‘natishini kelishib, o‘sha jo‘natgani uchun unga muayyan bir xizmat haqi belgilash kerak. Xizmat haqini belgilaganda xaridorga sotayotgan narxingizga sizga xizmat qilayotgan vakilni haqini qo‘shib aytmasdan, molning sizga qoladigan foydasidan haq chiqarasiz. Masalan mol 100 so‘m, vakilga 5 so‘m haq berasiz. Vakil jo‘natgan xaridorga 105 so‘m sotmasdan 100ga sotib 95 o‘zizga 5 vakilga berishingiz kerak. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 09:22 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar