Oli Imron surasidagi oyat

Assalomu alaykum! Allohim bu ishlaringni ajrini tuganmas qilib bersin, ilohim. Qur’oni karimda (Allouddin Mansur tarjimasi) Oli Imron 113-oyatda “Ahli kitoblarning hammasi ham barobar emas. Ahli kitob orasida sajda qilgan hollarida tunlari Allohning oyatlarini tilovat qiladigan to‘g‘ri yo‘ldagi kishilar ham bor”. 114-oyatda “O‘sha zotlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar, yaxshi amallarga buyurib, yomon amallardan qaytaradilar va yaxshlik qilishga shoshladilar. Ana o‘shalar solih bandalardandir” deyilgan. Ustozlar ilmim kamligi bois shu oyatlarga tushumadim. Bu erda boshqa dindagi ahli kitoblarni ba’zilari shunda to‘g‘ri yo‘ldami yoki ba’zi ahli kitoblar islomga kirgani uchun shunday oyat nozil bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ba’zilari payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil bo‘lganidan keyin u kishiga iymon keltirganlar. Oyatdan o‘shalar iroda qilingan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 160 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar