Imomning orqasida saf bilan kam joy qolsa
Assalomu alaykum! Biz tarafda bir masjid bor. Shu masjid imomi bilan bog‘liq. U masjid biroz kichkina, shu bois imom jamoatdan bir saf emas bir qadam oldinga chiqib o‘tiradi. Yana imom qa’dada o‘tirgan payt ung oyog‘ini emas chap oyog‘ini ko‘tarib o‘tiradi. Shu imomga iqtido iqtido qilish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin. Ammo orqada iqtido qiluvchilar to‘liq bir saf orqada turishmasa va jamoat uchtadan ko‘p bo‘lsa makruhi tahrimiy ishni qilgan bo‘lishadi.
Muqtadiy bir kishi bo‘lsa, uning o‘ng tarafida turadi. Uning oyoq barmoqlarining uchlari imomning tovoni bilan barobar bo‘ladi. Agar oyoqlari bir tekis tursa ham joiz, faqat oldinga o‘tib ketmasa bo‘ldi. Buning dalili quyidagi hadisdir: عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: بِتُّ عِنْدَ خَالَتِي مَيْمُونَةَ، فَقَامَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يُصَلِّي مِنَ اللَّيْلِ، فَقُمْتُ أُصَلِّي مَعَهُ عَنْ يَسَارِهِ، فَأَخَذَنِي بِرَأْسِي فَأَقَامَنِي عَنْ يَمِينِهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Xolam Maymunaning huzurlarida tunab qoldim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kechasi turib, namoz o‘qiy boshladilar. Men ham u zotning chap tomonlarida turib namoz o‘qiy boshladim. U zot mening boshimdan ushlab, o‘ng tomonlariga turg‘izib qo‘ydilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Bittadan ko‘p bo‘lsa, orqasida turadi.
Buning dalili quyidagi hadisdir: عَنْ سَمُرَةَ بْنِ جُنْدَبٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَمَرَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِذَا كُنَّا ثَلاثَةً أَنْ يَتَقَدَّمَنَا أَحَدُنَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Samura ibn Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, biz uch kishi bo‘lsak, birimizning oldinga o‘tishimizni amr qilardilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Demak, imomga iqtido qiluvchilar ikki erkak kishidan iborat bo‘lsalar, imomning orqasida turadilar. Ikki nafardan ortiq erkak kishi bo‘lsa ham shunday. Agar ikkitadan ortig‘i orqaga o‘tmasa, makruhi taxrimiy bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar