Allaqachon taloq tushib bo‘lgan
Assalomu alaykum! Ota-onamni oila qurishganiga 20yil bo‘lgan. Ular shu vaqtga qadar tinch va ahil yashashgan, ammo oxirgi 2 yil davomida ular o‘rtasida juda katta kelishmovchiliklar va mojarolar bo‘lib o‘tdi. Hattoki bir-birining joniga ham ziyon berishmoqchi bo‘ldi, ammo biz buni to‘xtatdik. Bu holatlardan keyin onam ikki bora bobomlarnikiga ham ketib qoldi. Bobom otam bilan gaplashsalar “men qizingiz bilan yashamayman” dedi. Shunday bo‘lsa ham onam oilasini saqlab qolishi uchun uyga qaydi. Otam onamni har doim haromi deb haqorat qiladi. Akam bir necha bora otamga unaqa demasligini taloq tushadi deb tushuntirdi, shunda otam “allaqachon taloq tushib bo‘lgan” deb aytdi. Biz otamni olib yaqin masjid imomidan shu masala haqida maslahat olishimiz mumkin, lekin otam imomlarga gaplarida unchalilk ishonmaydi va ularining nimani biladi deb aytadi. Undan tashqari bu masalani hal qilgani bormaydi ham ya’ni taloq tushgan yoki yo‘qiligini? Otam boshqaga uylanaman deb bizga ko‘p bora aytdi. Hozir bitta uyda yashamoqda hech bir biri bilan gaplashmay ba’zi vaqtlar janjal ham bo‘lib qoladi. Men ikkalasini ham ajratishga harakat qilaman. Haromi deb aytsa taloq tushadimi? Agar taloq tushgan bo‘lsa ikkalasini bir uyda yaxshashi to‘g‘rimi? Biz farzandlar nima qilashimiz kerak bu holatda ikkalasiga ham yaxshi bo‘lishi uchun? Alloh barchamizni qilgan gunohlarmizni kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Allaqachon taloq tushib bo‘lgan” degan bo‘lsa taloq tushgan bo‘ladi. Shu gapni aytganidan keyin onangiz uch hayz ko‘rib poklangan bo‘lsa bir birlariga begona hisoblanadi. Haromi deyish ko‘proq valadi zinosan, ya’ni zinoda tug‘ilgansan deganga ishlatiladi. Menga haromsan desa taloq tushadi. Nikohdan maqsad mahr olish emas, balki asosiy maqsad o‘zaro aloqa bog‘lash va huzurlanishdir. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar