Do‘stlarim maslaxati

Assalomu alaykum! Men hali uylanishga yoshman deb hisoblayman va nomaxram qizlar bilan sevgi manosida gaplashmayman. Ammo do‘stlarim aytishicha agar men hozir qizlar bilan gaplashib yaxshi yomonini ajrata oladigan bo‘lmasam keyin uylanayotgan paytimda yomon qizga uchrab qolishim mumkin emish. Iltimos maslaxat bering. Balki ularni gapida ham jon bordir deb o‘ylab qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rtoqlaringiz noto‘g‘ri aytishibdi. Shuning uchun yaxshi va yomonni beradigan faqat Allohga suyanib ish tuting. O‘zingizni qancha pok tutsangiz Alloh taolo shuncha pokizasini beradi. Alloh ta’olo Qur’oni karimda taqvoda bo‘lganlarni hamma tomonlama ishini oson qilishini va’da qilgan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar