Uxlaganda dam solish

Assalomu alaykum! 4 yoshli qizimda nevrologik betoblik bor. Shifo oyatlarini o‘qib dam solaman desam bir joyda o‘tirib eshitmaydi, o‘zi umuman, o‘tirsa ham quloq solmaydi. Shuning uchun u tv ko‘rib o‘tirganda yoki uxlab yotganida Qur’on oyatlarni o‘qib dam solsam ta’siri bo‘ladimi? Yoki o‘qilgan oyatlarni o‘zi quloq solib eshitish shartmi? O‘ynab o‘tirganida yoniga o‘tirib Qur’on o‘qishni boshlasam "aytma" deganday qilib qo‘li bilan itarib tashlaydi yoki turib ketib qoladi. Shuning uchun uxlagan payti dam solsam ta’siri bo‘larmikan degandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta ta’siri bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 Yanvar 2024, 09:11 | Savol-javoblar | 0 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar