Namozni boshlash masalasi
Assalomu alaykum! Tanish-bilishlarimiz orasida ko‘pchilikda "Namozni boshlagandan keyin hammasini o‘qish kerak. Shuning uchun namozni boshlamay yuribman", "Namozni hozir boshlasam keyin tashlab ketishim mumkin. Shuning uchun umuman namozni boshlamaganim ma’qul", "Namozning o‘zining vaqti bor, 60 ga kirib o‘qiyman" kabi fikrlarni oxirgi kunlarda ko‘proq eshitayapman. Hattoki biri ikkinchisiga "Sen faqat bomdodni o‘qib yuribsan, gunohga botib, undan ko‘ra o‘qimay yur degan "tavsiya"larni ham eshitdim. Shu kabi fikrdagilarga nasihat qilsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha bir mahal namozni o‘qiganlar bir mahalni qoldirganning azobidan qutilib qolishadi. Odamlarni ichida ham shaytoni bo‘ladida.O‘sha shaytonvachchalar esa o‘sha bir vaqtni azobidan ham quruq qolishmasin deb ularni bir mahaldan ham mahrum qilishmoqchi bo‘lishadi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 09:44 | Savol-javoblar | 181 | Ibodatlar