Islom tarixi haqida

Assalomu alaykum! Bilamizki Islom dini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 40 yoshga to‘lganlaridan boshlab nozil bo‘lgan va Allohning yagonaligi aqiydasini keng yoyganlar. Lekin Payg‘ambarimizning otalaring ismi Abdulloh ya’ni Allohning quli degani. Holbuki u paytda arablar Lot, uzzo va shu kabi boshqa sanamlarga sig‘inishgan. Payg‘ambarimizdan, islomdan avval xam Allohni bilishganmi? Qur’onning kaysidir oyatida Alloh taolo: "sizlar Ibrohim to‘g‘risida tortishasizlarmi? Holbuki u paytda Tavrot xam Injil xam kelmagan edi. U yahudiy xam nasroniy xam bo‘lmagan. U solihlardan musulmon bo‘lgan" degan oyat bor adashmasam. 2). Rasulimizdan avvalgi Ibroxim, Muso, Iso va boshqa payg‘ambarlar xamda ularga ergashganlar xam musulmon bo‘lganmi? 3). Alloh taolo Qur’on oyatlarida barcha payg‘ambarlar va barcha muqaddas kitoblarga iymon keltiringlar degan. Iymon keltirsagu lekin u kitoblarni o‘qimasak gunoxkor bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan oldin haqiqiy dinga itoat qilib Iyso alayhissalomga ummat bo‘lganlardan sanoqli kishilargina qolgan edi. Qolganlari dinini buzib, kitobini o‘zgartirib zalolatga ketishgan edi. U kitoblar o‘zgartirildi, insonlar tarafidan qo‘shimchalar kiritildi. Qaysi biri Allohning so‘zi qaysi biri bandanikiligini ajratib bo‘lmaydigan darajaga keldi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 183 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar