Uzok muddatga sotish

Hurmatli Shayx xazratlari!Alloh, islom diniga qilgan va qilayotgan xizmatingiz uchun sizdan abadiyan rozi bo‘lsin, amin.Xazrat, ushbu muxlisingizni bir duo qilib qo‘ying, sizdan iltimos.Bergan javobignizga oldindan tashakkur bildirib, savollarimni quyidagicha ma‘lum qilaman:1) Agar bir inson moshina sotib olmoqchi bo‘lsa va ushbu moshinani sotib olish uchun moshina narxining yarmini bersa, men unga moshinaning yarmini uzoq muddatga sotish qilsam bo‘ladimi? Misol uchun: Moshinaning bozordagi narxi 6000$. Moshina olmoqchi bo‘lgan odam 3000$ bersa, men qolgan 3000$ bersam va moshinani o‘zimning nomimga rasmiylashtirib u odamga quyidagicha shart qo‘yaman: "Keyingi 15 oy davomida oyiga 300$, ya‘ni jami 4500$ to‘laysiz va shundan keyin moshina to‘liq sizniki bo‘ladi" Ushbu muomala joizmi?2) Yoki bozorga borib, moshina olishdan oldin ushbu odamga quyidagicha shart qo‘ysam: "Bozorga boramiz va 6000$ atrofidagi hohlagan moshinani tanlaysiz. Moshinaning to‘liq narxini o‘zim to‘layman, o‘zimning nomimga rasmiylashtiraman. Keyin sizga uzoq muddatga sotaman. Uzoq muddatga sotish shartlari quyidagicha: "Moshinaning yarim narxini darhol to‘liysiz va qolgan yarmini 15 oy davomida har oy bo‘lib bo‘lib to‘laysiz"". Ushbu muomala joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- 2-joiz.

4 May 2022, 09:44 | Savol-javoblar | 146 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar