Gunohi katta bandalar qatoridamanmi?

Assalomu alaykum! Men 10-11 yoshligimda 1 pora Qur’on yodlagan edim. Keyin o‘qimay qo‘ydim va yodlagan suralarim esimdan chiqib ketdi. Hattoki kitobga qarab ham o‘qiy olmaydigan darajaga kelib qoldim. Hozir yoshim 20 da quyidagi hadisni o‘qib qattiq afsuslandim. Lekin vaqt ortga qaytmaydi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Menga ummatimning gunohlari ko‘rsatildi. Qur’ondan bir sura yoki oyat unga berilganda unutib qo‘ygan odamdan ko‘ra katta gunohni ko‘rmadim», dedilar». Savolim shuki bu gunohimning kafforati bormi? Agar hammasini qaytadan yodlasam gunohim kechirilishi mumkinmi? Iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kafforati yana qaytadan yodlashga kirishing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 161 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar