Namoz ado bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Dugonamning ishxonasida namoz o‘qish mumkin emas ekan. Tikuv tsexida tikuvchi bo‘lib ishlaydi. Ishli joyida ish tikib ichida namoz o‘qishar ekan. Boshqa amallar bajarilmaydi. Bunday namoz joiz bo‘lmaydi dedim, lekin amin emasman. Shuning uchun sizlarga savol yo‘llayabman. Iltimos savolimni javobsiz qoldirmasangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Insonda jur’at degan narsa ham bo‘lishi kerak. O‘sha ishxonaning boshlig‘i biror yahudiy yoki nasroniy bo‘lganida ishchilar ibodati uchun xursand bo‘lar edi. Bir necha joyda buning guvohi ham bo‘lib turibmiz. Ularni jarimaga ham tortishgani yo‘q. Namozni musulmonman degan odam qaytarib tursa xo‘p deb o‘tirmasdan unga tushuntirish ham kerakda. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 02:04 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar