Xadisda aytilgan semirtiradigan meva

Assalomu alaykum! Oisha roziyalloxu anxodan rivoyat qilinadi: Onam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kirishimdan oldin meni semirtirmoqchi bo‘ldi. U xoxlagan narsalardan birortasini qabul qilmadim. Oxiri meni tarra va yangi pishgan xurmo ila taomlantirdi. O‘sha tufayli juda yaxshi semirdim. Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilganlar. Ushbu rivoyatda tarra so‘zi o‘zbekchada qanaqa maxsulot?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarra, bodring degani. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 10:04 | Savol-javoblar | 166 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar