Bulon2
Assalomu alaykum Ustoz! Biz aytgan bulon rossiyada ishlab chikariladi. Tarkibida zirovarlaridan tashkari (tovuk, mol) gushti mavjud bulib, kichkina kubik shaklida emas, 30kg lik koplarda buladi. Oshxonada gushtli taomlarga "mol" gushti boridan, kolgan taomlarga "tovuk" gushti boridan kushiladi. Bu firmada emagimiz uchun bizdan bir oyiga eng ozida 200$dan pul kesadi. Bu oshxonadan 1000ga yakin odam emak eydi. Bizning sharoitimiz shuki ish vaktimiz ertalab 8:00dan kechki 19:30 gacha. Kunlik emagimiz oshxonadan, bizning ba’zi birodarlarimiz betonda ishlaydi, ya’ni ishlari ogir, endi shunday sharoitda biz oshxonadagi taomlardan esak buladimi eki nima kilaylik? Ustoz bu erda takvoli kishilar xam biroz bor iltimos bizlarga maslaxat bering, biz gariblarning xakkimizga xam duo kilib kuying. Allox sizdan rozi bulsin, javobingiz uchun oldindan katta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur taomlarning tarkibini o‘rganish kerak. harom narsalar bo‘lsa, eb bo‘lmaydi. Sizlar mas’ullarga iltimos qilib halol taom so‘rashlaringiz kerak bo‘ladi. Alloh barcha mushkullarni oson qilsin! Sizlarga najot bersin!
4 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom