Rasullulohning oliy baytlaridan bo‘lsa

Bismillahir rohmanir rohiym.Olamlarni yaratgan va tarbiya etayotgan, biorlug‘u yo‘qlikning sohibi Allohga hamdu sanolarnig cheksizi zoti pokiga hos va mos bo‘lsin. Sa‘iydimiz Muhammad Mustafoga dirdu salovatlarning sarasi Maqomi Mahmud bo‘lsin. Ul kishining merosho‘rlari bo‘lmish sizdek olimlarga Allohning rahmati, fazli va barokoti bo‘lsin. Amma ba‘du:Hazratim biz uchun ajiratgan baqtingizga Allohdan ajir so‘rab quydagi savolimni bermoqchiman. 1. Kishi o‘zini Rasulullohning oliy baytlaridanman deb bilsa va shajarasi bizning tomonlarga kelib tushgan sahobiy yoki tobeyinlardan bo‘lsa va ularning qonio Rasulullohga borib taqalsa, o‘sha kishiga sadaqa olish harom bo‘ladimi. Agar u shajarani aniq bilmay tahminiy ehtimol bilan sa‘iydlardanman desachi. 2. Kimsa o‘z o‘rgangan kasbini, misol uchun chilangarlik yoki mashinasozlik kabi hunarini sir saqlasa bo‘ladimi, (shogirdlari va boshqalardan) bu holat ilmni tarqatish kerakligi uni ushlab turmaslik to‘g‘risidagi hadisga zid kelmaydimi. 3. Ushbu savol uchun uzur so‘rayman! Kosmosga ko‘tarilgan insondan nomoz soqit bo‘ladi deb fatvo chiqarganlarni bilaman. lekin bunga ishonmayman. shu boradagi bilmmizga ilm qo‘shsangiz iltimos. kosmosdagi kimsa nomozini qay tarzda o‘qiydi, qibla qaysi tomon bo‘ladi. boshqa bir sayyoraga tushilsachi. chegaradan ortiq narsani bilishga intilyotgan bo‘lsam Alloh taolloni o‘zi kechirsin. Assalamu alaykum va rahmatullohi barakaruh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Oli baytlarga sadaqa olish durust emas.2. Zid keladi.3. Kosmosga chiqayotganingizda javob beriladi.

4 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar