Video lavhalar
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda yutubda tarqalgan videolarning bazilarida kameraga tushgan farishta kameraga tushgan shayton qabrning yonishi yoki qabirdan chiqgan ilon deb nomlangan lavxalarni ko‘ramiz. Bunday voqealarning kameraga tushishi mumkin emas deb eshtganman, ammo Alloh bandalarga ko‘rsatishni xoxlasa albata bo‘ladi. Lekin ba’zi insonlar bu videolar odiy mantaj, ular bandalarni azgina qo‘rqitib, islom diniga shu yo‘l bilan kiritishadi deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi? Shu savol bo‘yicha imomlarga murojat qilganimda bilmaymiz deb javob berishadi. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo shuni yaxshi bilish kerakki, Alloh taolo O‘z ahkomlarini salomat tabiatli inson o‘sha zahoti qabul qiladigan qilib qo‘ygan. Ikki o‘rinda qabul bo‘lmaydi. Birinchisi Allohning ahkomlari o‘zgartirilsa, salomat tabiatli inson uni qabul qilolmaydi. Ikkinchisi ular hech qanday o‘zgartirilmasa ham nopok tabiatlarga ular ta’sir qilmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek zotning o‘zlari yuzlab bor Abu Lahab va Abu Jahllarni hidoyatga chaqirdilar. Ularning qalblari but-sanamlarga, obro‘-mansabga va insonlarning maqtovlariga muhabbatli bo‘lib, nopok bo‘lib qolgani uchun hidoyatni qabul qilmadi. Aslida kim ham ularga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek dinni etkaza olishi mumkin? Din dushmanlari dinimizga juda ko‘plab dinimizdan bo‘lmagan narsalarni tiqishga harkat qilishadi. Chunki ular “shuni din” deb aytilsa tabiati salomat insonlar qabul qilmasligini bilishadi. Shuning uchun dinda biror bir yangi narsani to‘qishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:41 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar