Begona singil mahrammi

Assalomu alaykum! 1). Begona singil bilan ya’ni o‘gay singil bilan qo‘l berib ko‘rishsa bo‘ladimi? 2). Chet elda ishlayman. Oshxonalarda xalol bo‘lgan oziq-ovqatlarni haromlari bilan birga pishirsa halol ham haromga aylanadimi? Masalan pirashki pishiradigon idishda ham pirashkani pishirib ham cho‘chqa go‘shtini pishirgan bo‘lsa men bilmasdan xalol pirashkani esam xarom luqma bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘gay singilning turi ko‘p. Ona bir ota boshqa va ota bir ona boshqa bo‘lsa bu ikkisi bir birlariga mahram hisoblanadi. Agar ota ham boshqa ona ham boshqa bo‘lsa bir biriga nomahram hisoblanadi. Ularni hatto nikohlanishi ham joiz. 2). Aralashtirib yuborilsa harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar