Namoz uchun jarima
Assalomu alaykum! Biz yakin do‘stlar bilan kelishib bir proekt qivomiz. Telegramda gruppa ochkanmiz, va guruxda 6 kishi bor. Shart shundan iboratki kim xufton va bomdod namozini o‘kiganini dumaloq video (chunki jonli vaktda yuborsa buladi fakat) ga olib tashladi, agar namoz vakti chikmaguncha tashlamasa, 3kun ketma ket masdjidga chikib namoz ukiydi. agar 3kun ketma ket chika olmasa pullik shtrafga utadi. va shu belgilangan mikdordagi pulni kartaga tashlaydi. va bu egilgan pullarni shu guruxdagi xamma uchun biror bir restoranga yoki o‘tirishimiz uchun ishlatamiz.va bu namoz ukimay ko‘ygan do‘stlarimiz ibodatga kirishiga ancha foydasi tegvotti. xamma rozi. shu kilayotgan ishlarimizni kaerida kamchilik nuksoni bo‘lsa, iltimos to‘gri yol kursating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu “proekt”ingiz boshidan oxirigacha xatodir. Har kunlik 5 mahal namozlarni masjidga chiqib ado qilish shundoq ham shariatning ko‘rsatmasidir. Pullik jarimangiz esa qimorning ayni o‘zi. Namozga targ‘ib qilishning boshqa usulini topinglar. Vallohu a’lam!
14 Oktabr 2023, 14:35 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom