Vitr namozidagi xato

Assalomu alaykum! Vitr namozining 3-rakatida zam so‘radan keyin Allohu akbar takbiri aytib, Qunut duosi o‘qiladi. Savolim quyidagicha: Men shu 3-rakatdan keyin takbirni aytish esimdan chiqib(ko‘p hollarda shunday bo‘ladi xayolim ketib qolib) ruku qilib yuboraman va sajda yoki ruku holatiga qilgan xato ishim esimga tushim tik turib takbir aytib Qunut duosini o‘qib, keyin Tashahhuddan keyin sajdai sahv qilaman. Bu ish ko‘p bor bo‘lib qoladi. Endi shuncha o‘qigan vitr namozlarim durust bo‘lmaganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ruku’dan orqaga qaytish shart emas. Davom etasiz va oxirida sajdai sahv qilasiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:34 | Savol-javoblar | 186 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar