Insha Olloh Jannatimizmi?
Assalomu alaykum! Biz musulmonlar Insha Alloh jannatimizmi? Ya’ni Allohga hech narsani sherik qilmasak. Besh vaqt namozni vaqtida ado qilsak. Ro‘zani savob umidida tutsak. Qodir bo‘lsak Haj qilib, Zakot bersak. Haloldan kasb qilib, halolga sarflasak. Zinoga yaqinlashmasak. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarsak. Gunohi kabiralardan saqlansak. Farzandlarimizga to‘g‘ri tarbiya bersak. Ota-onalarimizni rozi qilsak. Amallarimizdan g‘ururlanmasak. Shunda jannatga kirishimizga umid qilsak bo‘ladimi? Jannatga kirish o‘ta darajada qiyin ishmi? Eng katta baxtimiz musulmon bo‘lib tug‘ilganimizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta umid qilinadi. Alloh shuncha narsaga muvaffaq qilganining o‘zi katta umidga sabab. Shu bilan birga xavfni ham unutmaslik kerak. Chunki mo‘minni shu ikki his umid va xavf to‘g‘ri yo‘lda ushlab turadi. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ الصَّادِقُ الْمَصْدُوقُ: إِنَّ أَحَدَكُمْ يُجْمَعُ خَلْقُهُ فِي بَطْنِ أُمِّهِ أَرْبَعِينَ يَوْمًا نُطْفَةً ثُمَّ يَكُونُ عَلَقَةً مِثْلَ ذَلِكَ، ثُمَّ يَكُونُ مُضْغَةً مِثْلَ ذَلِكَ، ثُمَّ يُنْفَخُ فِيهِ الرُّوحُ وَيُؤْمَرُ بِأَرْبَعِ كَلِمَاتٍ بِكَتْبِ رِزْقِهِ وَأَجَلِهِ وَعَمَلِهِ وَشَقِيٌّ أَوْ سَعِيدٌ، فَوَاللهِ الَّذِى لَا إِلَهَ غَيْرُهُ إِنَّ أَحَدَكُمْ لَيَعْمَلُ بِعَمَلِ أَهْلِ الْجَنَّةِ حَتَّى مَا يَكُونَ بَيْنَهُ وَبَيْنَهَا إِلَّا ذِرَاعٌ فَيَسْبِقُ عَلَيْهِ الْكِتَابُ فَيَعْمَلُ بِعَمَلِ أَهْلِ النَّارِ فَيَدْخُلُهَا، وَإِنَّ أَحَدَكُمْ لَيَعْمَلُ بِعَمَلِ أَهْلِ النَّارِ حَتَّى مَا يَكُونُ بَيْنَهُ وَبَيْنَهَا إِلَّا ذِرَاعٌ فَيَسْبِقُ عَلَيْهِ الْكِتَابُ فَيَعْمَلُ بِعَمَلِ أَهْلِ الْجَنَّةِ فَيَدْخُلُهَا. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadis aytdilar. U zot sodiqu masduqdirlar:
«Sizning har biringizning xalq qilinish (moddasi) onasining qornida maniy holida qirq kun jam qilinadi. So‘ngra ana shu mislicha alaqa (zuluksimon qon) bo‘ladi. So‘ngra ana shu mislicha muzg‘a (chaynalgan go‘sht) bo‘ladi. So‘ngra ichiga ruh puflanadi. Va to‘rt kalima: rizqi, ajali, amali va badbaxt yoki nekbaxtligini yozish amr qilinadi. Undan boshqa ilohiy ma’bud yo‘q Zot bilan qasamki, albatta, biringiz jannat ahlining amalini qilib kelib, o‘zi bilan jannat orasida bir arshin qolganida o‘sha kitob undan o‘zib ketib, do‘zax ahlining amalini qiladi-da, unga kiradi. Albatta, biringiz do‘zax ahlining amalini qilib kelib, o‘zi bilan do‘zax orasida bir arshin qolganida o‘sha undan kitob o‘zib ketib, jannat ahlining amalini qiladi-da, unga kiradi», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: E’tibor beraylik, endi hadisning davomida nima uchun odamlar bir-birlarining yoki o‘zlarining badbaxt yoki nekbaxt ekaknliklarini bila olmasliklari bayon qilinadi. Payg‘ambarimiz hadisning bu qismini:
«Undan boshqa ilohiy ma’bud yo‘q Zot bilan qasamki», deb boshlamoqdalar. Bu esa kelajak gapning o‘ta muhim ekanligiga dalolatdir.
«...albatta, biringiz jannat ahlining amalini qilib kelib, o‘zi bilan jannatning orasida bir arshin qolganida undan o‘sha kitob o‘zib ketib, do‘zax ahlining amalini qiladi-da, unga kiradi».
Odamning nima bo‘lishini kim bilar edi? Hatto o‘sha odamning o‘zi ham bilmaydi. Umr bo‘yi toat-ibodatda yurib, oxirida shaytonning ig‘vosiga uchib, ishi rasvo bo‘lishi mumkin.
«Albatta, biringiz do‘zax ahlining amalini qilib kelib, o‘zi bilan do‘zaxning orasida bir arshin qolganida undan o‘sha kitob o‘zib ketib, jannat ahlining amalini qiladi-da, jannatga kiradi».
Bunaqasi ham bo‘lishi mumkin. Umr bo‘yi nima qilib yurgan bo‘lsa-da, oxirgi paytda insonligi qo‘zib, yaxshi bir amal bilan holi batamom o‘zgarib qolishi mumkin. Shuning uchun ham, «Aqoid» ulamolari ushbu hadisi sharifni va shunga o‘xshash boshqa hadislarni dalil qilib: «Ahli qibladan muayyan shaxsni jannatiy yoki do‘zaxiy ekanligiga qat’iy hukm qilib bo‘lmaydi», deydilar.
Ammo yuqorida zikr qilingan ikki holatda ham qadarning, Allohning sobiq ilmining majburiy ta’siri yo‘q. Kitobning o‘zib ketishi esa unda yozilgan ilmning o‘ta aniq va puxta ekanligini bildiradi xolos. Ushbu hadisi sharifda Allohning ilmi shomilu komil, anig‘u puxta, hamma narsani qamrab oluvchi ekanligi bayon qilindi. Bu haqiqatni birma-bir o‘rganib chiqdik. Hadisning oxirida inson o‘z amali asosida hukm chiqarib, Allohni unutib qo‘ymasligi yoki ko‘ngli bir oz bo‘lsa ham boshqa tomonga burilishi mumkin emasligi ta’kidlanmoqda. Hech kim «Umrim bo‘yicha yaxshi amal qildim, endi albatta jannatga kiraman», deb xotirjam bo‘lmasin! Hatto umrining oxirgi lahzasida ham ish boshqa tomonga aylanib ketishi mumkin. Chunki hamma narsa Allohning amri bilan bo‘ladi. Hech kim «Men umrim bo‘yi gunoh qilib o‘tdim, endi albatta do‘zaxga tushaman», deb noumid bo‘lmasin! Hatto umrining oxirgi lahzasida ham ish boshqa tomonga aylanib ketishi mumkin. Chunki hamma narsa Allohning amri bilan bo‘ladi.
Ishlarning xotimasiga qarab, yakun yasaladi. Umr¬ning intihosi qachonligini hech kim bilmaydi. Shuning uchun hayotning har lahzasini umrning oxiri deb bilish kerak. Yaxshilik qilib yurganlar oxirgi ishi yomonlik bo‘lib qolmasligi uchun intilishi kerak. Yomonlik qilganlar qolgan har bir lahzani umrining oxirgi lahzasi, deb yaxshilik qilishga o‘tishi kerak. Qazo va qadarga bo‘lgan iymonning foydasi ham shunda – kishini doimo yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarib turishida! (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 10:27 | Savol-javoblar | 154 | Islam