Xaj amali xususida

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Mening savolim dinimizning besh ustunlaridan biri bulgan muborak xaj amali xususida. Bir musulmonni 4 nafar o‘g‘li bor. Barchasini uyli-joyli qilganlar. U kishiga muborak xaj amali uchun navbat keldi. Lekin, o‘zida safar uchun mablag‘ yo‘q. U kishi o‘g‘illariga xaj amallariga kerak bo‘lgan pulni talab qilyapti. O‘g‘illari bundan xursand emas. Ularni ham uyi, oilasi bor. Shunday talab bilan xaj amalini bajarsa bo‘ladimi? Kengrok tushuntirsangiz iltimos. Biz kuzda tutgan Umra emas. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘g‘illaridan so‘rab hajga borishi mumkin. Balki, farzandlari otasini yuborishi otasiga qiladigan yaxshiliklar doirasiga kiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:41 | Savol-javoblar | 198 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar