Sredit ssore

Assalamu alaykum! Ustozlar, Xozirda Amerisadaman bu erdagi axli ilmlardan biror nima so’rayman desam ingliz tilini yaxshi bilmayman. Savolim “Sredit ssore” va shunga o’xshash savollar. 1. Bu erlarda sredit sal boshqacha ishlar ekan. Bank mijozga qanchadir miqdorda pul beradi, masalan deylik 1000$, shu pulni 1 oy Ichida ishlatib keyin yana to’ldirib 1000$ qilib qo’ysangiz yoki umuman ishlatmasangiz sizdan xech qanday %, pul echilmas ekan. Misol uchun, do’kondan 500$ ga nimadir xarid qildim va bankning puli bilan yani menga berilgan 1000$ puldan to’ladim. Do’kondan chiqishim bilan o’zimning pulimdan bankni pulini joyiga qo’ydim, ya’ni yana 1000$ qilib qo’ydim. Bankdan qarzim qolmadi. Agar to’ldirolmasam, qarz bo’lib qolsam qanchadir miqdorda bank mendan pul oladi. % oladi. Va xar safar bankni pulini ishlatsangiz sizga qanchadir miqdorda ochkolar, ballar yoziladi. Bu ballar yaxshi uy ijaraga olishga, Universitetdan qarz olishga tasir qiladi. Savolim shundan iboratki; shunaqa tizimdan foydalanish mumkinmi? Ya’ni, qarzni qaytarishga 150% ishonsamgina olib ishlatsam bo’ladimi? 2. Ishxonamning oldida Pokistonlik birodarlarimiz masjid ochishgan, ora-orada chiqib turardim. Lekin, oxirgi martda chiqganimda yangi yilga bezatilgandey bezalgan edi, shundan keyin bormay qo’ydim. Shu masalada to’g‘ri yo’l ko’rsatsalaringiz. 3. Taom. Ko’pchilik birodarlarimiz shu qatori men ham ko’pincha yo’lda bo’lamiz, xar doim ham halol kafe yoki bir halol maxsulot sotiladigan do’kon ham topish qiyin. O’zi umuman Amerisada halol tushunchasini ko’p odam tushunmaydi. Shunday vaziyatlarda biror bir kafedan go’sht qo’shilmagan, faqat sabzavotlardan qilingan yoki baliqli taom esa bo’ladimi? Javoblar uchun katta Raxmat. Alloh hammamizdan rozi bo’lsin. Assalamu alaykum!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Boravering, qoldirmang. 3). Bo‘ladi. Hozirgi kunda bu muammo juda oson hal bo‘ladi. Uyda taom tayyorlab termosga solib olinsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar