Qaynisinglimni talog‘i xaqida
Assalomu alaykum! Qaynisinglim to‘ydan so‘ng 3 oy yashab qaytib kelgan. Oralarida faqat nikox bo‘lgan zags dan xam o‘tmagan. Eri boshqa davlatga butunlay ketib qolgan. Xozir qaerdaligini xam qandayligini xam bilmaymiz. Ota onasi bilan aloqa qilib tursa kerak. Sms orqali singlimga taloq deb yozgan. Lekin oradan vaqt o‘tib singlim xomiladorligini eshitib talog‘ini qaytarib olgan. Shunda xozir singlim bilan nikoxligi buzilmaganmi taloq tushganmi yoki qaytarib olganligi sabab nikoxi tiklanganmi? Singlim boshqa turmush qura oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sms orqali “taloqsan” degan va ortiqcha so‘z ishlatmagan bo‘lsa bu holatda bitta raj’iy taloq tushgan. Er raj’iy taloq qo‘yilgan ayolini idda ichida qaytarib olishga haqli. Qaytarib olsa nikoh tiklanadi.
Agar sms orqali boshqa so‘zlarni ham yozib boin taloq qo‘ygan bo‘lsa u ayolni qaytarib olishga haqli emas. Qaytarib olishni istasa qayta nikoh o‘qitish lozim. Bunday holatda ayol iddasi chiqqach boshqaga turmushga chiqishi mumkin. O‘zingizga yaqin erdagi taloq ilmini yaxshi ibadigan ahli ilmga murojaat qilib, holatingizni aniqlashtirib oling. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush