Tish oldirganda qon to‘xtamaslik

Assalomu alaykum! Ustozlar oldindan javob uchun rahmat. Ertalab tish oldirgandim, qon to‘xtamadi. Qon  chiqib xufton vaqtigacham davom etdi. Taxorat olib namoz o‘qiyolmadim. Shunda qanday yo‘l tutish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tahorat olib namozni o‘qiyverishingiz kerak edi. Qon oqib turganlar ham sohibi uzr hisoblanadilar. Ular har namozga alohida yangi tahorat olib, garchi qon oqib tursa ham namozlarini o‘qiydilar. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 205 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar