Biz tomonlardagi duoxonlar

Assalomu alaykum! Biz tomonlarda o‘zini duoxon sanaydigan kishilar bor. Eshitib ko‘rsak Qur’on oyatlarini tajvidga muvofiq o‘qiyolmaydi. Shariatga zid holda kitob ochadi. Ammo ayrim jinnilarni o‘qib tuzatadi. Qasiyda o‘qiyman deydi. Boshi Qur’on oyatlari bilan boshlanadi, davomi forschami, tojikchami aralashib ketadi. Yana bir misol, ayrim sigirlar tuqqanidan keyin tepinib sog‘dirmay qo‘yadi. O‘sha kishiga ikki dona buxanka olib boriladi, u nimani o‘qisa shu buxankani egan sigir tepinmay qoladi. Tibbiyot xodimlari homilasi tushadi deb uzil-kesil tashxis qo‘ygan ayollarni beliga ingichka ipdan arqon qilib berib bog‘latar ekan. Ayolning homilasi tushmas ekan. Ana shunday "domlalar"ning shu kabi ishlaridan foydalanish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yaqiningizdagi biror domladan so‘rang. Ularni shariatga zid ishlarini aytib beradi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar