Duo so‘ralsa

Assalomu alaykum! Bizning tengdoshlarimizdan ayrimlari uylana boshladi va ba’zilari nikoh to‘ylarida duoi xayr qilishni so‘rashdi. Shunday paytda qanaqa duo bilan ularni talablarini bajaraman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ko‘nglingizga kelgan doui xayrni qiling. Duo qilishdan avval : “Ey Allohim bularning holiga nima munosib bo‘lsa, o‘sha duoni mening qalbimga solgin” deb Allohdan so‘rang. Mashoyixlar biror savolga javob berishdan yoki kimnidir haqqiga duo qilishdan avval tezdan Allohga bog‘lanar va “bu insonning savoliga munosib javobni, holiga munosib duo va tilakni mening qalbimga solgin” deydilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:25 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar