Universitetda namoz o‘qishga qo‘yishmaydi

Assalomu alaykum! Men Universitet talabasiman. Dars mashg‘ulotlari peshin namozi paytida (ya’ni 13.00 da) boshlanadi va hozirgi paytda shom namoziga yaqin (ya’ni 17.20 da) tugaydi. Uygacha 1 soatli yul. Bir kuni darsdan sung bo‘sh xonada namoz o‘qiyotganimni ko‘rgan o‘qituvchining menga aytmagan gapi qolmadi, hatto o‘qishdan chetlataman deyishgacha bordi, ota onang bilan kelasan yoki uyingga ichki ishlar xodimlari bilan boraman mahallangda sharmanda bo‘lasan dedi. Agar e’tiqodli bo‘lmoqchi bo‘lsang islomiy oliygohda o‘qishing kerak edi, o‘zi ayol kishi umuman ko‘chaga chiqmasligi hech kimga ko‘rinmasligi kerak deya namoz o‘qishimga e’tiroz bildirdi. Va holangki ular ham ayol o‘qituvchilar. Ular «universitetni ichki qoidasi bor sen bu qoidalarga bo‘ysunmayapsan» deyishdi. Va yo‘lakda biror boshqa o‘qituvchi nima bo‘ldi deb so‘rasa ovozini biland qilib "bular bo‘sh xonaga kirvolib namoz o‘qibti" derdi. Ota onamga bu haqida aytsam "u erda namoz o‘qima ular baribir sani tushunmaydi aytganimni qil qazosini o‘qishdan qaytsang o‘qib olasan" deyishdi. Universitetda namoz o‘qishga qo‘yishmaydi, o‘qituvchilar tushunsada ruxsat bermaydi o‘qib kelishga. Agar darsga vaqtida kirilmasa darsda yo‘q qiladida qoldirilgan darslar uchun kredit chiqarib beradi va bankga qo‘shimcha pul ham to‘lanadi. Namozlar qazo bulyapti qazo bo‘lishni boshlagandan so‘ng Alloh oldida vijdonim qiynalyapti, qazolarini o‘qiyman lekin ko‘nglim yorishmayapti. Ba’zan o‘qishdan kechib ketgim keladi. Lekin ota onamni o‘ylayman, nima qilishni bilmay qolganman. Musulmon inson Dunyoviy ilm oladigan ta’lim muassasalarida taxsil ololmaydimi? Taxsil olsa ham nimaga namoz o‘qishlariga ruxsat yo‘q. Nega ta’lim muassalarida Allohga itoat qiladiganlarni tanqid qilishadi bu yo‘ldan qaytarishadi, go‘yoki turli aqidalarga aralashishni oldini olish uchun shunday qilishayotganini bot bot takrorlashadi va shu yo‘l bilan o‘zlarini oqlashadimi? Alloh kechirsin hammamizni Bu gaplarim bilan kimnidir yomonlamoqchi emasman Faqat Alloh oldida vijdonim qiynalyotgani uchun bularni yozishga majbur bo‘ldim. Qanday maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozlarni o‘z vaqtida o‘qishni biz va sizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh buyurgan. Namozga hech qanday holatda uzr yo‘q. Uni ado qilish uchun 4-9 daqiqa vaqt ketadi. Asrning vaqti shomning vaqti kirgunicha. O‘sha vaqt oralig‘ida o‘qilsa vaqtida o‘qilgan bo‘ladi. Kichikroq zam qilib bo‘lsa ham biror joyda o‘qib oling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 17:32 | Savol-javoblar | 193 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar