Bozordagi savdo qoidasi
Assalomu alaykum! Men oilam bilan tomorqamda dehqonchilik qilib, uni bozorga sotib va shuning hisobidan ro‘zg‘or tebratamiz. Men o‘z tomorqamda etishtirgan mahsulotlarimni (bodring, pomidor va boshqa..) Dehqon bozoridagi sotuvchilarga o‘zaro kelishgan narxlarda sotib ketaman. Lekin yaqindan beri bozorda men sotadigan mahsulotlarning narxlari kun sayin pasaya boshladi. Misol uchun, kecha men ertalab sotuvchiga bir kilo pomidorimni 1.200 so‘mdan jami 150 kg sotib ketgan edim. Bugun men yana bozorga pomidor sotish uchun bordim. Kecha mendan pomidorni sotib olgan olibsotar menga: “Kecha sen menga pomidorningni qimmat narxda sotib ketibsan. Sen ketgandan so‘ng pomidorning optom narxi 800 so‘mga tushib qoldi. Shu sababli, menga narxlar ustidagi farqini qaytarib ber va menga jami 60000 so‘m berishing kerak”, dedi. Lekin men unga: “Kecha siz men bilan savdolashib va shu narxga rozi bo‘lib pomidorimni olgansiz-ku”, deb u aytgan pulni unga qaytarib bermadim. Men sotuvchiga narxlar ustidagi farqni (60 000 so‘m) pulni unga qaytarib berishim shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar 60.000so‘m qo‘shilib ketganida ertasiga sizga “Kecha arzonga olib qo‘yibman” deb qo‘shilgan pulni berarmidi? Bermaydi... Xuddi bermaganidek olishga ham haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom