Tajvid bilmaydigan erga xotin namozda iqtido qilish

Assalomu alaykum! Alhamdulillah tajvid ilmini sekin o‘rganmoqdaman. Turmush o‘rtog‘im doim “menga farz namozlarida iqtido qilib o‘qigin, jamoat bo‘lib o‘qilgan namoz savobi ko‘p bo‘ladi” deydilar. Ammo turmush o‘rtog‘im tajvid qoidasi bilan o‘qimaydilar va namozlarni tez o‘qib bo‘ladilar. Men ham ilgari tajvidsiz tez o‘qirdim. Hozir o‘qib o‘rganib hatolarimni to‘g‘rilab sekin o‘qidigan bo‘ldim. Shu saytda bir o‘qiganimda tajvidsiz o‘qiydiganlar imomlikka o‘tmaydi deyilgandi. Erimga “o‘zim alohida o‘qishni xohlayman” desam, “mani tajvid bilmaydi deb kamsityapsan” dedilar. Men shunaqa vaziyatda nima qilay? Erimga iqtido qilib o‘qiymi yoki o‘zim alohida tajvid bilan o‘qiymi? Qaysi biri afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo eringiz masjidga chiqsin, agar masjiddagi jamoatga ulgurmay qoladigan darajada holat bo‘lsa o‘shandagina uyda jamoat qilishga shariat ruxsat beradi. Bu holatda agar namoz buzilmaydigan darajada o‘qisa iqtido qilishingiz joiz. Mabodo aks bo‘lsa, unda tajvidni muhimligini tushuntirish va xatolarini to‘g‘rilab olishda yordam berish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar