Assalom aleykum
Ustoz. Alloh taoloning marhamati bilan biz mo‘minlarning baxtimizga sog‘ bo‘ling.Bir do‘stim uylanish taraddudida, u uylanmoqchi bo‘lgan qiz ham, qizning otasi ham ibodatli, qizning yoshi 17 da. Qizning otasi boshqa ayolga uylangan, qizning haqiqiy onasi bilan esa, qiz 11 yoshda bo‘lganda ajrashgan ekan. Qiz hozir otasi bilan yashaydi. Do‘stimni uylanishdan to‘sib turgan narsa shuki, qizning haqiqiy onasi buzuq ayol ekan. Do‘stimning yaqinlari "Buzuqlik qizning qonida bor, baribir onasiga tortadi" deyishyapti. Xalqimizda ham "Onasini ko‘rib, qizini ol" deyishadi.Nima qilgan ma’qul. Qizning onasini e’tiborsiz qoldirib qizga uylanganimi yoki baribir qonida bor degan gap to‘g‘rimi?Uylanish nozik masala bo‘lganidan sizdan so‘rashga jazm qildik. Maslahat bering.Alloh robbul alamiyn hammamizdan rozi bo‘lsin. Omin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kabi masalalarni har kim o‘zi hal qiladi. Bizning aytadiganimiz shariat bo‘yicha mazkura qizga uylanish joiz.
4 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush