Tijorat boshlashdan oldingi amallar

Assalomu alaykum! Men bir tijorat ishini boshlamoqchi edim. Tijorat barokatli va halol bo‘lishi uchun biror bir duolarmi yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurgan sunnatlarimi bo‘lsa aytib yuboring iltimos. Va qaysi kunda bunday ishni boshlash ya’ni ochish fayzli bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo siz qiladigan tijorat shariatga muvofiqmi yoki yo‘qmi bilmaymiz. Nima ustiga qurilganini ham bilmaymiz. Amallar savobli, barakotli bo‘lishi uchun ikki narsa shart. Birinchisi go‘zal niyat, ikkinchisi shariatga muvofiq faoliyat. Shu ikkisi topilgan ish hech qachon ziyon ko‘rmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 16:18 | Savol-javoblar | 183 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar