Bir-biridan farqi bor ikki musulmon inson

Assalomu alaykum!Hurmatli va qadrli Shayx hazratlari,Sizga, ahli yaqinlaringizga va islom diyni yulida jon kuydirayotgan barchalarga, Alloh subhanahu va taolodan, mavjud yaxshiliklarni so‘rab, savolga o‘tishga ijozat berasiz degan umiddaman.O‘zini musulmon deb biladigan ikki inson bor, biri besh vaqt namoz, juma va ba’zan nafllarni o‘qiydi, ro‘za tutadi, hajni orzu qiladi, lekin gohida gunoh ish kiladi, ya’ni nafsini tiya olmay xamr ichadi, chekadi va hatto zino ham qiladi. Ikkinchisi esa aksincha, ichmaydi, chekmaydi, zino qilmaydi, birovni ko‘nglini og‘ritmaydi, xullas musulmon kishi bo‘lishi kerak bo‘lganidek, ammo namoz o‘qimaydi va ro‘za tutmaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Gunoh ish qilsada, namoz o‘qigani ming martta o‘qimaydiganidan afzal. Lekin bu degani, namoz o‘qib bemalol gunoh qilaversin degani emas. Haqiqiy namozxon, barcha kattayu kichik gunohlardan o‘zini tiyib, Allohni barcha buyruqlarini uni rizoligi uchun so‘zsiz bajaruvchi kishidir.

4 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar