Taloqsan taloqsa taloqsan deyish

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan tez-tez tortishib turamiz. Ba’zida oylab gaplashmaymiz. Lekin avval bir qattiq janjallashib qolganimizda "taloqsan, taloqsan, taloqsan" degandilar jahl ustida. Dindan xabarlari yo‘q. Lekin mening oilam dindor. Onam bizni qaytib nikoh o‘qittilar. Oradan 4 oy o‘tib biroz mast hollarida yana aytdilar 3 marta “taloqsan” deb. Bundan keyin yana o‘qitishga domlaga borsak, musulmonlar idorasiga murojaat qilishimizni aytishdi. Erim “bormayman uyalaman” deb bormadik xullas. Yaqinda yana jaxl ustida 2 marotaba aytdilar. Lekin har aytganlari avvalgilarida ham boshqa xonadan turib, yo mast, yo jahl ustida aytganlar. Keyinchalik doim afsus chekadilar. Lekin endi onam “yashash sizlarga harom, ajrashinglar” deyabdilar. Nima qilsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Birinchi aytgandayoq oralaringizga uch taloq tushgan. Onangiz to‘g‘ri aytibdi. Vaqtinchalik dunyoni deb oxiratingizni kuydirib olmang. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar