Muddatga sotish

Assalamu aleykum hurmatli Shayh hazratlari, qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin!Avvalgi savollarimga javob berganingiz uchun rahmat, yana bir narsa so‘ramoqchi edim:Bir narsaning bahosi 100 so‘m tursa, 3oy muddatda to‘lash sharti bilan 120 so‘mga sotilsa, mijoz birinchi to‘lov uchun 30 so‘m to‘lasa qolgan pulni pul tushganda ora-orada berib turaman, bo‘lmasa 3oy muddat tugagan kuni qolgan 90 so‘mini to‘lab beraman deb aytsa va shunga kelishilsa. Va muddat kelganda shu 90 so‘mni to‘lab berolmasa qanday chora ko‘rish kerak?1. Birinchi to‘lov uchun to‘lagan 30 so‘mni sotilgan narsani 3oy ishlatgani uchun deb hisoblab uni mijozga qaytarmasdan, sotilgan narsani qaytarib olib qo‘ysa bo‘ladimi?2. Yoki mijoz yana 1-2 oy muddat so‘rasa, unda 120 so‘m bo‘lmaydi, 130 so‘m qilib to‘laysiz deb aytsa bo‘ladimi?Avvaldan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- 1-2 oy muddatni bahoni ziyoda qilmay cho‘zish kerak. To‘lay olmay qolganda muddatni cho‘zish evaziga pul so‘rash ayni ribo bo‘ladi.

4 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 133 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar