Uch taloq qo‘ygandim nikoh qildirdim
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Men Jizzax viloyatidanman. Bundan 2 yil odin bir qarindoshimni to‘yiga borib mast xolatda uyga kelib xotinimga 3 taloqsan deb aytganman. O‘sha vaqtda ayolim xomilador edi. Ertasi kuni xotinim uyiga ketdi. 1 oylardan keyin uyiga olib kelishga bordim. Shunda qaynotam xomilador ayolga taloq tushmaydi, mast xolatda ham taloq tushmaydi deb aytdilar. Men ishonmay maxallamizdagi imomdan maslaxat so‘ragandim u kishi taloq tushadi, nikoh o‘qitish kerak dedilar. Nikohni faqat viloyat bosh imom xatibi o‘qiydilar dedilar. Men borib o‘qitib keldim. Savolim: shu nikoh halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Homiladorga ham taloq tushadi, mastning talog‘i ham tushadi, sizlarg uch taloq ham tushgan. Qaydan yo‘l topib nikoh o‘qigan bo‘lishsa o‘zlari javob berishadi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 07:13 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush