Kitob olib berishga garov o‘ynash
Assalomu alaykum! Men ishxonada bir tanishim bilan o‘yin o‘ynashga kelishdim. Garov o‘ynadik desak ham bo‘ladi. Ikkalamiz ham talabamiz. Biz kim telefonini kamroq ishlatish to‘g‘risida garov o‘ynadikki, belgilangan muddatda kim ko‘p ishlatgan bo‘lsa yutgan odamga 2 ta kitob olib beradi. Bir joyda bunday garov o‘ynash ya’ni garov o‘ynab nimadir berish xarom deb o‘qigandim. Shunga o‘ylanib qoldim. Bu o‘yinimiz joizmi? Agar joiz bo‘lmasa ham kitobni o‘qib bo‘lib keyin boshqa insonlarga hadya yoki ehson qilib yuborsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu qimorga aylanib qoladi. O‘sha kitob o‘z egasiga qaytarilsin. Qaytarib olganidan keyin istasa boshqa insonlarga hadya qilaveradi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:54 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom