Xaridor so‘rab kelgan narsa yo‘q bo‘lsa qo‘shnidan olib sotish

Assalomu alaykum! Ustozlar, man bozorda ishliman. Mijoz kelib o‘zimda yo‘q narsa so‘rasa boshqa do‘konlardan olib sotaman. Misol uchun boshqa do‘konga mijoz kirsa 100so‘mga sotsa man chiqsam o‘sha narsani 80so‘mga beradi. Man olib chiqib 100so‘mga sotaman. Shu qolgan 20 so‘m manga xalolmi? Boshqa do‘konlar mijoz obchiqsez sizgayam ulush chiqazib beraman deyishadi. Shu ulushchi xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Undan ko‘ra menda yo‘q qo‘shni do‘konda bor deyishni o‘rganinglar. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 11:30 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar