Namozni qasddan tark qilish

Assalomu alaykum! Ustozlar quyida keltiradigan malumotum tòģrimi? Namoz o‘qimaydiganlar haqida «Qurrat ul-’uyun» kitobida mazkur bir hadisi sharifda marhamat qilinadi:«Hech qanday uzrsiz namozini tark etgan kishiga Alloh taolo o‘n beshta musibat beradi. Ularning oltitasi bu dunyoda, uchtasi vafot etayotganida, uchtasi qabrda, yana uchtasi qabrdan turganida beriladigan tashvish va musibatlardir. Bu dunyoda beriladigan oltita musibat: 1.Benamozning umrida baraka bo‘lmaydi. 2. Allohning suygan bandalarida bo‘ladigan ko‘rkamlik, go‘zallik, sevimlilik va malohat uni tark etadi. 3. Hech qanday yaxshiligiga savob berilmaydi (Bu hadisi sharifdan shu ma’lum bo‘ladiki, farzlarni o‘z vaqtida ado etmaganlarning sunnatlari ham qabul bo‘lmaydi. Ya’ni sunnatlariga ham savob berilmaydi). 4. Duolari qabul bo‘lmaydi. 5. Uni hech kim yoqtirmaydi va sevmaydi. 6. Musulmonlarning yaxshi duolari unga kor qilmaydi. Vafot etayotganda tortadigan musibatlari: 1. Zalil, xaqir va rasvo holatda jon topshiradi. 2. Ochlik iztirobida o‘ladi. 3. To‘yib suv ichsa ham, chanqoqlik azobida jon beradi. Qabrda chekadigan musibatlari: 1. Qabr uni shunday siqadiki, suyaklari bir-biriga botib ketadi. 2. Qabri otashga to‘lib, kechayu-kunduz uni o‘rtaydi. 3. Alloh taolo uning qabriga dunyo ilonlariga o‘xshamaydigan ulkan bir ilon yuboradi. O‘sha ilon uni har kuni namoz vaqtlarida chaqib, abgor qiladi. Bir zum ham tark etmaydi. Qiyomatda boshiga keladigan musibatlari: 1. Jahannamga sudraydigan azob malaklari uning yonidan ayrilmaydi. 2. Alloh taolo uni g‘azabnok holda kutib oladi. 3. Hisobi juda qiyin kechib, oqibatda jahannamga tashlanadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ha, har biriga shu ma’noda hadislar bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:55 | Savol-javoblar | 164 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar