Mursalina ismi joizmi

Assalomu alaykum! In Sha Alloh yaqinda farzandli bo‘laman, xozirgi zamon texnologiyasi rivojlanganligi sababli shifokorlar bolani jinsini qizbola diyishiyapti, Vallohu a’lam! Agar qiz bola bo‘lsa ota onam ismini Mursalina yoki Dunyo qo‘yishni taklif qilishiyapti,bu ismlardan birini qo‘yish mumkinmi,va iltimos ma’nolarini ham aytib o‘tsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday ism qo‘ymaslik kerak. Mursalina – “elchilar; payg‘ambarlar”.  Dunyo – “Yaqin; hozir yashab turgan hayotimiz” (Al-Mu’jamul vasit). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 932 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar