Abu Bakr roziyallohu anhuning iymoni

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr roziyallohu anxuning iymonini tarozuning bir pallasiga ikkinchi pallasiga ummatimning iymoni qo‘yilsa Abu Bakrning iymoni og‘ir keladi degan ekanlar. Ummatim deganlarida o‘sha vaqtdagi tirik musulmonlarni aytganlarmi yoki qiyomatgacha bo‘lgan ummatlarinimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomatgacha. Chunki Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu butun payg‘ambarlardan keyingi ikkinchi shaxs hisoblanadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 193 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar