Maxrga berilgan narsani sotish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, dadam oilada katta o‘g‘il. Onam bilan turmush qurishganida buvam ularga yashab turgan uylari ya’ni onam kelin bo‘lib tushgan binoni maxr sifatida berilganini aytgan ekanlar. Keyinchalik ota-onam boshqa uyga ko‘chishgan va an’anaga ko‘ra u uyda buvam va buvim bilan amakimning oilasi qolishgan. Buvam va buvim ancha yillar oldin vafot etishgan. Ko‘p o‘tmay amakimning o‘zlari xam qazo qildilar. Qonunga ko‘ra uy sotilib meros farzandlarga teng taqsimlanishi kerak ekan. Dadam "ota onam va ukam o‘tgan joyni sotmayman" deb uzoq kurashdilar. Ammo ammalarim meros talab qilishyapti. Aslida bu uy onamga maxrga berilgan. Unda onamdan boshqa xech kimning xaqqi yo‘qku. Lekin ularga buni tushuntirib bo‘lmaydi. Endi esa uy sotilsa xammaga teng taqsimlashga va dadamdan boshqa xamma farzandlar o‘zlarining ulushlaridan 20% ni onamga maxr o‘rniga berishmoqchi ekan. Ota-onam birovning xaqqidan qo‘rqadigan insonlar. Bu masalada ikkilanishyapti. Savolim shuki: 1. agar shunday bo‘lsa bu pul ota onamga xalol bo‘ladimi? 2. Buvam o‘sha vaqtda yashab turgan uyni maxr qilib berib to‘g‘ri qilganmilar? Aslida o‘zi yashaydigan uy maxr o‘rnida o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahr deb qo‘liga topshirib ota-onangiz o‘sha uyda yashagan bo‘lsa onangizni shaxsiy mulkiga aylanadi. Keyinchalik unda hech kimni haqqi bo‘lmaydi. Tushuntirishni ilojisi bo‘lmasa tekkanini oladi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar