Imom bilan Onlayn Qur’on hatmi o‘qish
Assalomu alaykum! Ma’lumki koronavirus sababli yurtimizda ham Qur’on xatmini jamoat bilan o‘qimaslik haqida fatvo chiqarildi. Ramazon oyi Qur’on xatmini qori imomlar bilan televizorda online tarzda birga o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Barcha fatvo kitoblarimizda iqtidoni durust bo‘lishi uchun imom bilan iqtido qiluvchi bitta joyda bo‘lishi shart deyilgan. Mabodo masjiddan tashqari joyda saf ulanmasa jamoatdan alohida turganning namozi durust bo‘lmaydi deyilgan. Agar hayit namozlaridagi kabi saf ulanib-ulanib masjiddan tashqari uzoq masofagacha etib borsa ham saf ulanganligi tufayli bitta joyda turishgan hisoblanadi – deyilgan. Siz aytgan holatda esa o‘sha shart topilmagan bo‘ladi, iqtido ham durust bo‘lmaydi. Bu xuddi namozning shartlaridan biri bo‘lgan tahoratsiz namoz o‘qigandek bo‘ladi. Jonli ravishda o‘qilayotgan Qur’onni, eshitib xatm qilish joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 167 | Namoz