Assalamu alaykum!
Bir birodar shu savolni so‘rab bering deya iltimos qilgandilar. Qanday yozgan bo‘lsalar shunday kirityapman:Hurmatli Shayx hazratlari bir do‘stim uzini aytishi buyicha ALLOHni taniganiga kup bulgani yuq ya‘ni namoz uqib ALLOH qodir qilguncha farz amallarni bajara boshlaganiga kup bulgani yuq. Islomni haqiqiy lazzatini endi tatiy boshlayabdi ekan! Kundan kunga Islomga bulgan qiziqishi ortib bormoqda ekan. ALLOH qodir qilguncha taqvoda va hidoyat sari qadam tashlashga harakat qiladi. Lekin oldin gunoh ishlarni kop qilgan. Tovbalarni ham ALLOH qodir qilguncha qilmoqda. yana uz yaqinlariga ALLOH qodir qilguncha islomga da‘vat qilib amri ma‘rufda bulmoqda. Lekin uni oldindan taniganlardan biri sen oldin kim edin nega hammaga aql urgatyabsan degan gapni aytibdi. Shunda bir urtadagi odam senga farqi nima oldin kim bulgani bilan hozir senga yahshi gapni aytyaptimi buldi qolgani bilan nima ishing bor debdi. U do‘stimni boshi qotib qolgan Islom haqida bilganlarini boshqalarga etkazishdan qurqmaydiyu lekin yana og‘ziga kuchi etmaydiganlarning shunday deb aytishidan qurqadi. Bu narsada sizning maslahatingi kerak ALLOHim sizdan rozi bulsin! Ilmingizni ziyoda qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hechqisi yo‘q. Bilganicha aytaversin.
4 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hechqisi yo‘q. Bilganicha aytaversin.
4 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda